Uch nafar dzyudochimiz finalga chiqdi. Bu yana uchta medal naqd degani

Paralimpiya o‘yinlarida dzyudo bellashuvlarida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

-73kg vaznda Feruz Saidov Litva va Rossiya vakillarini, -81 kgda Dovurxon Karomatov kubalik va meksikalik raqiblarini mag‘lub etib, finalga yo‘l olishdi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasida -57kg vazin toifasida Parvina Samandarova Yaponiya va Braziliya vakillaridan ustun keldi va endi u ham oltin medal uchun tatamiga chiqadi.

Реклама на Unews

-63kg vaznda Nafisa Sheripboyeva esa chorakfinalda rossiyalik raqibini mag‘lub etib, yarimfinalda ukrainalik sportchiga yutqazib qo‘ydi. Nafisa bronza uchun kurashadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring