U-20 Osiyo kubogining jarimalari miqdori ma’lum bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 1 mart kuni O‘zbekistonda futbol bo‘yicha U-20 Osiyo kubogi boshlanadi. Turnirda qit’aning 16 jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Jahon chempionatiga yo‘llanma beradigan musobaqa bahslari qizg‘in kurashlarga boy o‘tishi tabiiy.

Xo‘sh, U-20 Osiyo kubogidagi jarimalar miqdori qanchani tashkil etadi? Osiyo futbol konfederatsiyasi o‘z rasmiy saytida tegishli summalarni e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘yinlarda ikkita sariq kartochka olib, chetlatilgan futbolchilar 300 AQSH dollari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olganlar esa 500 AQSH dollari jarima to‘laydi. O‘yin hakamlariga nisbatan noto‘g‘ri xatti-harakati oqibatida olingan qizil kartochka uchun esa 2500 AQSH dollari to‘lanishi belgilangan.

Реклама на Unews

Osiyo kubogi o‘yinlariga Toshkentdagi “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “JAR” stadionlari, shuningdek, Farg‘onaning “Istiqlol” stadioni mezbonlik qiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring