Turkiyada tibbiy niqob taqish majburiyati bekor qilindi

Turkiyada bugundan niqob taqish majburiy emas. Uni faqat tibbiyot muassasalari va jamoat transportida kiyish kerak.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining koronavirus bo‘yicha ilmiy kengashi a’zolari bilan suhbatda mamlakatda niqob taqish tartibi qisman bekor qilinganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, epidemiya katta xavf tug‘dirayotgan paytda Yevropa davlatlari bunday cheklovlarni bekor qilgan. Bugungi kunga kelib Turkiya bu bosqichga yetgan va hamma joyda niqob kiyish shart emas.

Реклама на Unews

 

Bundan tashqari, endilikda koronavirus bo‘yicha ilmiy kengashning navbatdagi majlislarini o‘tkazish maqsadga muvofiq emas, biroq favqulodda holat joriy etilgan taqdirda kengash COVID-19'ga qarshi kurash bo‘yicha o‘z faoliyatini zudlik bilan davom ettirishi kerak.

«Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida qariyb uch yildan beri amalda bo‘lgan bino ichida niqob taqish majburiyati bekor qilinmoqda. Biroq jamoat transporti va tibbiyot muassasalarida niqoblardan foydalanish mamlakatda infeksiyani yuqtirganlar soni ming kishidan kamayguncha davom etadi», — dedi Erdog‘an.

Shu bilan birga, ushbu soha mutaxassislari 65 yoshdan oshgan aholi va xavfli surunkali xastalikka chalingan shaxslarga jamoat joylarida tibbiy niqob taqishdan bosh tortmaslikni tavsiya qilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring