Turkiyada karantin cheklovlari mart oyidan yumshatiladi — Erdo`g`an

Turkiyada koronavirusga nisbatan cheklov choralari mart oyidan boshlab, epidemiologik vaziyatga qarab, bosqichma-bosqich yumshatiladi, dedi Turkiya prezidenti Toyyib Erdo`g`an. Bu haqda Ria Novosti yozmoqda. 

Turkiyada ish kunlari soat 21:00 dan 5.00 gacha, juma kuni soat 21:00 dan dushanba soat 5.00 gacha komendantlik soati mavjud. Bundan tashqari, Turkiyada hamma joyda niqob rejimini va ijtimoiy masofani saqlash zarur. Restoranlar, kafelar, tungi klublar va boshqa ko`ngilochar muassasalar yopiq.

"Koronavirusga qarshi kurashning dinamikasi va yutuqlarimizga asoslanib, mart oyining boshida biz cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlashni boshlaymiz. Biz mintaqalarni to`rtta toifaga ajratamiz - yuqori xavfli, o`rtacha, o`rta va past. Ushbu guruhlar alohida ajratilishi kerak. Shunga ko`ra, bir viloyatlardagi holatdan kelib chiqib, dam olish kunlari komendantlik soatini bekor qilib boramiz", - dedi Erdo`g`an Anqarada jurnalistlarga.

Реклама на Unews

Uning qo`shimcha qilishicha, yaqin kunlarda restoran, kafe va boshqa ovqatlanish maskanlarini ochish bo`yicha yo`l xaritasi jamoatchilikka ma`lum qilinadi.

Uning so`zlariga ko`ra, Turkiyada allaqachon 5,5 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi emlangan.

 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring