Turkiyada fohishalikka majburlangan o‘zbek ayollar ushlandi. Ular o‘ldirish bilan qo‘rqitilgan

Turkiya Respublikasining Konya viloyati politsiyasi tezkor guruhi xodimlari 2,5 oylik kuzatuvlar ortidan xorijlik ayollar orqali intim xizmatlar taklif qilish bilan shug‘ullangan 5 kishinini qo‘lga olgan. Bu haqda “Hürriyet” nashri xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, aniqlangan manzillarda 2 to‘pponcha va narkotik moddalari ham topilgan. Tezkor tadbir davomida 4 nafar turk fuqarosi va 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sh.I. qo‘lga olingan. Fohishalik qilishga majburlangan ayollar orasida bir nafar turk va 11 nafar o‘zbek ayoli bor.

Реклама на Unews

Qayd etilishicha, politsiyada ko‘rsatma bergan ayollar guruh a’zolari ularni o‘ldirish bilan qo‘rqitganini ta’kidlagan.

Jinoiy guruh a’zosi Sh.I. o‘zbekistonlik ayollarga ish topib berishni va’da qilib, ularni o‘ziga qarzdor qilib, pasportlarini olib qo‘yagan va fohishalik qilishga majburlagan.

Реклама на Unews

Ayni paytda o‘zbek ayollarini Vatanga qaytarish uchun Konyadagi Migratsiya bo‘limi tegishli ishlarni amalga oshirayotgani ma’lum qilindi. 5 kishilik jinoiy guruhga nisbatan qator aybovlar qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbulda fohishalik bilan shug‘ullanayotgan 17 nafar o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olingan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring