Turk razvedkasi O‘zbekistonda FETO‘ning ikki a’zosini qo‘lga oldi

Turkiyaning Milliy razvedka tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiyada muxolifatchi Fathulloh Gulen tashkilotining (FETO) a’zolari Gurbuz Sevilay va Tamer Avji qo‘lga olinib, Turkiyaga olib kelingani ma’lum qilindi. Bu haqda Haberler nashri xabar berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Qochqin FETO a’zolaridan biri bo‘lgan Gürbüz Sevilayning YPG / PYD-PKK a’zolarini Iroq va Suriyadagi raketalar, dronlarga qarshi vositalar, radar tizimlari va termal forma kabi o‘q-dorilar va jihozlar bilan ta’minlagan. 

Turkiya mudofaa sanoatida ishlagan Gurbuz Sevilay 2016 yilgi davlat to‘ntarishidan keyin lavozimidan ozod qilingan.

Реклама на Unews

Gurbuz Sevilay O‘zbekistondan turib FETO a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatib kelgan. U Turkiyada davlat tashkilotlariga sizdirilgan tashkilot a’zolarining iltimosi bilan xorijdagi noqonuniy savdolarni amalga oshirgan. Buni Ukraina va Qirg‘izistonda ochgan firmalari orqali amalga oshirgani aniqlangan. Tamer Avji esa tashkilotga yangi a’zolar topish va ularni joylashtirish bilan shug‘ullangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring