Trampning sobiq mehmonxonasi portlatildi(foto)

Nyu-Jersi shtatining Atlantik-Siti shahrida AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga tegishli bo`lgan 39 qavatli kazino va Trump Plaza mehmonxonasi portlatildi. Portlash videosi mahalliy nj.com portalining YouTube'kanaliga joylashtirildi.

Kartinki po zaprosu "trump plaza"
Kartinki po zaprosu "trump plaza"

Shaharning ko`plab aholisi mashhur binoning buzilishini ko`rish uchun kelgani aytilmoqda.

Portalning ta`kidlashicha, muassasa 1984 yil may oyida ochilgan va shahardagi o`ninchi kazinoga aylangan, ammo u 2014 yilda yopilgan. Muassasa yopilishi sababli minglab odamlar ishsiz qolgan edi. Kazino 2016 yilda faoliyatini butunlay to`xtatgandan so`ng, unga egalik Trump Entertainment Resorts'dan Icahn Enterprises'ga o`tgan edi.

Реклама на Unews

Kartinki po zaprosu "trump plaza"
Kartinki po zaprosu "trump plaza"
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring