Tramp saylovlarda yutqazsa, hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirmasligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchragudek bo‘lsa, hokimiyatni Demokratlar partiyasidan bo‘lgan raqibi Jo Baydenga tinch yo‘l topshirmaydi. Amerika yetakchisi bu haqda Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi CNBC, deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.

“Ko‘ramiz, nima bo‘lar ekan. Men ovoz berish jarayonidan juda ham norozi ekanligimni bilasiz, bu falokat”, — deydi Tramp. CNBC’ning aniqlik kiritishicha, prezident pochta orqali ovoz berishni nazarda tutmoqda.

“Pochta orqali ovoz berishdan bosh torting va barchasi tinch bo‘ladi. To‘g‘risini aytganda, hokimiyatni topshirish bo‘lmaydi, bu davom etadi”, — deydi Amerika prezidenti.

Реклама на Unews

Trampning hisoblashicha, pochta orqali ovoz berish — u yutqazishi mumkin bo‘lgan yagona variant, “chunki demokratlar aldaydi, talaydi va o‘g‘rilik qiladi”.

Avvalroq Tramp prezidentlik saylovida Bayden g‘alaba qozonsa, AQShda inqilob bo‘lishini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovlari 2020-yilning 3-noyabrida bo‘lib o‘tadi.

Реклама на Unews

Respublikachilar partiyasi 24-avgust kuni prezidentlik va vitse-prezidentlikka nomzod sifatida Donald Tramp va Maykl Pensni ko‘rsatgan. Demokratlar partiyasi esa AQSh prezidenti sifatida Jo Bayden, vitse-prezident sifatida Kaliforniya senatori Kamala Xarris nomzodini ilgari surgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 26-09-2020 Dondi

    Obbo shu yetishmay turgandi yana ommaviy tartibsizliklar bo'lmasa bo'ldi. Yutqazganini tan olish mardlik lekin siyosat baribir siyosat.

    Javob yozish
    • 28-09-2020 Karim

      Da, tramp osonlikcha yuqolmaydi

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish