Toshkentning ikki tumanida gaz va elektr o‘chadi

Poytaxtning bir qator tumanlari aholisi elektr va gaz o‘chishidan ogohlantirildi.

«Hududgazta’minot» matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Toshkent viloyati Toshkent tumani Sabzavot mahallasi hududidan o‘tgan yuqori bosimli d-530 mmli gaz quvuriga hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilmoqda. Shu sababli bugun, 1 noyabr kuni soat 10:00 dan Yunusobod va Olmazor tumanida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Yunusobod tumani: 2-3-4-5-6-7-8-9-10-11-12-13-14-15-16-17-18-19-mavzelarda, «Posira», «Bobodehqon», «Oqtepa», «Obod», «Bog‘i bo‘ston2», «Ullola», «Oqibat», «Yangi ariq», «Turk qo‘rg‘on», «Registo», «Moy qo‘rg‘on», «Bodomzor», «Bo‘zsuv», «Islomobod», «Usta Shirin», 2»Adullayeva», «Otchopar» 1-2 mahallalarida.

Olmazor tumani: «Miskin», «Qorasaroy», «Xonchorbog‘», «Eski shahar2, «Ziyokor», «Besh qo‘rg‘on», «Moy qo‘rg‘on» mahallalarida, Qora-qamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4-mavzelarida.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzillardagi barcha turdagi ulgurji tashkilotlarida, jumladan, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga ulangan yirik ishlab chiqarish korxonalarida, «Laziz savdo biznes», Aleks plyus biznes, Delyuks trans servis, «Yunusobod metan servis», «Edem bolalar uyi», Dream gaz, «Hablot gaz» Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida ta’mirlash ishlari yakuniga yetgunga qadar gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati xabar berishicha, bugun, 1 noyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod hamda Yunusobod tumanlaridagi aholi yashash xonadonlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarida elektr energiyasi soat 08:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

Yashnobod tumanining: «Aviasozlar» dahasi 4-mavzesidagi Aviasozlar, Beshariq ko‘chasi, 1 dan- 53-gacha bo‘lgan ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlari, 204- va 244-sonli o‘rta ta’lim maktablari, 481, 405, 435-sonli MTM, avtoservis «Avtoritet», Yashnobod tuman prokroturasi binosida;

Yunusobod tumanining: «Kulol-qo‘rgon» MFY hamda Yunusobod 12 hamda 15-mavzelarining qisman hududlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi.

Qayd etilishicha, tuman elektr ta’minoti korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyali uzilishlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish, joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Shu sababli ma’lum hududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring