Toshkentdan Koreyaga borgan qozog`istonliklar deportasiya qilingach, aeroportda qochib ketdi (video)

Qozog`istonning deportasiya qilingan ikki fuqarosi Janubiy Koreyada qochib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Ma`lumotni Qozog`iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tasdiqlagan.

 

Qozoqlarning qochishi ijtimoiy tarmoqlardan ma`lum bo`lgan. Tarmoq foydalanuvchilari 21 va 18 yoshli ikki qozog`istonlik deportasiya qilinishini kutayotgan paytda yakshanba kuni ertalab soat 4:20 atrofida aeroportning uchish-qo`nish yo`lagi yaqinidagi panjara ustiga chiqib, qochib ketganini xabar qildi.

TIV ma`lumotlariga ko`ra, mart oyi oxirida Toshkentdan Koreana aviakompaniyasi samolyotida Janubiy Koreyaga ikki qozog`istonlik etib kelgan. Ularga mamlakatga kirishga ruxsat berilmagan, shuning uchun ular deportasiya parvozini kutishgan.

Реклама на Unews

 

"Biroq qozog`istonliklar Inchxon xalqaro aeroportini noqonuniy ravishda tark etishgan. Ulardan biri mahalliy polisiya tomonidan qo`lga olingan. Ikkinchisi esa qochqinda, uni qidirish davom etmoqda", - dedi TIV matbuot kotibi Aybek Smadiyarov.

Uning tushuntirishicha, bu voqea Janubiy Koreyada keng jamoatchilik e`tiroziga sabab bo`lgan va mahalliy OAVning e`tiboriga tushgan.

“Qozog`iston fuqarolarining bunday xatti-harakati ularning ushbu mamlakatdagi imidji va mavqeiga salbiy ta`sir ko`rsatishi, shuningdek, kelajakda fuqarolarimizning Janubiy Koreyaga kirish tartibiga ta`sir qilishi mumkin”, — deya ogohlantirdi u.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring