Toshkentdagi Prezident maktabi o`quvchisiga Prezident sovg`asi topshirildi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o`quvchisiga Prezident sovg`asi topshirildi. Bu haqda Yangi O`zbekiston yangiliklar kanali ma`lum qildi. 

11-sinf o`quvchisi Firdavs Abduqayumov AQShning ikkita nufuzli oliy ta`lim muassasasi — Ksave va Jon Keroll Universitetlariga grant asosida qabul qilindi. Ksave universitetiga grant miqdori 89 ming dollar, Jon Keroll Universitetiga esa 96 ming dollarni tashkil etadi.

O`zbekiston Prezidentining fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari bo`yicha davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov Firdavsni tabriklab, unga Prezident sovg`asi — zamonaviy kompyuterni topshirdi.

Реклама на Unews

 Ayni paytda Toshkent shahridagi Prezident maktabining o`quvchisi Temur Sulaymonov, Namangan shahridagi Prezident maktabi o`quvchilari Mironshoh Inomjonov, Jahongir Amirhamzaev, Azimjon O`rinov hamda Azimjon Alijonovlar etakchi xorijiy oliy o`quv yurtlariga qabul qilingan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 24-05-2021 Temur Tojiboyev

    Bizga ham Prezident maktabi nufuzli o'quvchilaridan biri bo'lish nasib qilsin

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish