Toshkentdagi bog‘cha faoliyati koronavirus sabab to‘xtatildi

Joriy yilning 15-mart kuni Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 117- sonli DMTT ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar byerdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

MTTda 13-mart kuni 2ta tarbiyalanuvchi va 2 ta tarbiyachida COVID-19 aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi» Qonunning 12-moddasi «j» bandiga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlari va tarbiyalanuvchilari 14 kunlik tibbiy nazoratga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ikki-uch kun ichida O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus yuqtiruvchilar soni oshdi. Jumladan, Toshkent shahrida karantin talablari kuchayishi ham ma’lum qilindi. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring