Toshkentda YPX xodimlaridan qochgan haydovchi o‘zini mashinadan tashlab, vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ohangaronda haydovchi YPX inspektori tomonidan kaltaklandi va vafot etdi" izohi bilan xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining Matbuot kotibi Bobur To‘laganov bu holatga oydinlik kiritdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 20 may kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani O‘zar qishlog‘i hududidan o‘tgan “Nurafshon-Ohangaron” avtomobil yo‘lining 52 km.da Ohangaron yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, “VAZ-2121” rusumli davlat raqami 10 N 526 YEA bo‘lgan avtomashina YHXB inspektorlari tomonidan tekshirish uchun to‘xtatilgan.

 

Shu vaqtda haydovchi 1995 y.t. G‘.SH.ning ushbu avtotransportni boshqarish uchun me’yoriy hujjatlari yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

Реклама на Unews

 

Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasi 1-qismi bilan elektron ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirish uchun, YHXB inspektori boshqaruvida olib ketilayotganida, old o‘rindiqda o‘tirgan haydovchi G‘.SH. avtransport eshigini ochib, o‘zini avtomashinadan tashlab yuborgan.

YHXB inspektorlari tomonidan fuqaro G‘.SH.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Shifoxonada unga “Bosh miya ochiq jarohati, bosh miya qon quyilishi og‘ir holati, bosh miya siljib sinish” tashxisi qo‘yilgan.

Реклама на Unews

Joriy yilning 6 iyun kuni soat 23:00 larda fuqaro G‘.SH. Toshkent shaxrida joylashgan 39-sonli shifoxonada ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

 

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring