Toshkentda yong‘in ichida qolgan odam qutqarildi

Kecha, 31 oktyabr kuni soat 17:20 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek hududi «Mevazor» mahallasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirgan.

Qutqaruvchilar yong‘inni bartaraf etish chog‘ida alanga ichida qolib ketgan 1978 yilda tug‘ilgan fuqaroni qutqarib, uning hayotini saqlab qolganlar.

Shuningdek, ularning sa’y-harakatlari natijasida xonadonning 250 metr kvadrat maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Fuqaro tez-tibbiy yordam orqali shifoxonaga yuborilgan. Ayni vaqtda uning ahvoli yaxshi.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring