Toshkentda to‘rt avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘lida to‘rtta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Lacetti yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, Toyota Camry bilan to‘qnashgan, undan keyin Matiz hamda Mazda’ga urilgan.

Hodisa natijasida Matiz haydovchisi, Toyota Camry haydovchisi va yo‘lovchilari – uning rafiqasi va voyaga yetmagan farzandi jarohat olgan. Jarohatlanganlar tibbiy yordamga murojaat qilgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring