Toshkentda plastik kartadan 180 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xodimlari plastik kartadan pul o‘g‘irlaganlikda gumonlanuvchi shaxsni aniqlashdi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabarida aytilgan,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning mart oyida 27 yoshli Natalya M. saytlardan birida mebel sotishi haqida e’lon joylagan. 7 mart kuni soat 20:00da unga erkak kishi telefon qilib, molni xarid qilmoqchi ekanligini aytgan. To‘lov uchun u qizdan bank kartasining raqami va tasdiqlash kodini so‘ragan.

Ma’lumotlarni olgach, g‘arazgo‘y o‘ziga 180.000.000 so‘m ko‘chirib olgan, deyiladi ma’lumotda.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi – 21 yoshli Javlonbek S. qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring