Toshkentda pichoqlangan oila a`zolarining ahvoli haqida ma`lumot berildi

Toshkent shahrida erkak 4 nafar oila a`zosi — turmush o`rtog`i, qaynonasi, qayinsinglisi va farzandini pichoqlagani haqida xabar berilgan edi. 

Sog`liqni saqlash vazirligi ushbu jarohatlangan bemorlarning bugungi kundagi ahvoli va salomatligi yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi.  

 

Ta`kidlanishicha, joriy yilning 21 iyul kuni soat 21.10 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yuqoridagi mudhish hodisa oqibatida jarohat olgan to`rt nafar bemor "Tez yordam" mashinasida og`ir ahvolda olib kelingan.

Реклама на Unews

" – O`ta tezkorlik bilan o`tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida birinchi bemor — 1994 yilda tug`ilgan S.D.ga "Ko`krak va qorinoldi devori o`tuvchi qo`shma kesib-sanchilgan yarasi. O`ng o`pka va ingichka ichak jarohati. Chap elka kesib-sanchilgan ko`plab yaralari..."  tashxisi qo`yildi.  

Ikkinchi bemor — 1965 yilda tug`ilgan O.L. "Chap ko`krak qafasi kesib-sanchilgan yarasi. Chap o`pka jarohati. Ko`krak o`ng qafasi o`tmas kesib-sanchilgan yarasi. Pnevmogemotoraks. Chap bilak va kaft ko`plab kesib-sanchilgan yaralari..." tashxisi bilan shoshilinch ravishda jarrohlik stoliga yotqizildi.

Uchinchi bemor — 1990 yilda tug`ilgan X.N. "Qorinoldi devori o`tuvchi kesib-sanchilgan yarasi. Jigar chap bo`lagi va oshqozonosti bezi jarohati. O`ng qo`ltik sohasi o`tmas kesib-sanchilgan yarasi..." diagnozi bilan operasiyaga olindi.

Реклама на Unews

To`rtinchi bemor — etti yoshli M.A.da "Ko`krak va qorinoldi devori o`tuvchi qo`shma kesib-sanchilgan yarasi. Katta charvi eventerasiyasi. Taloq, ingichka ichak va diafragma jarohati..." aniqlanib, unda bolalar bo`limida jarrohlik amaliyoti o`tkazildi.

Murakkab va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bir paytning o`zida to`rtta tibbiyot brigadasi tomonidan bajarildi. Amaliyotdan so`ng ular reanimasiya bo`limiga yotqizildi. Kechadan esa barchasi xirurgiya bo`limiga olindi.

 ️Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimovning ma`lum qilishicha, ayni paytda to`rt nafar bemorning ham ahvoli barqaror. Stabillashgan. Ijobiy tarafga o`zgarish bor.

️ Sog`liqni saqlash vazirligi ularning holatini nazoratga olgan. Bemorlarga markazning eng malakali mutaxassislari tomonidan standart asosida tegishli tibbiy yordam ko`rsatilyapti", – deyiladi Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabarida.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring