Toshkentda paxta omborxonada yirik yong‘in yuz berdi
4038 15-06-2020 0 O'zimizdaKecha, 14 iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida paxta omborxonasida yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.
Yong‘in soat 18:40 da Honabod ko‘chasi 4-uyda joylashgan "Toshkent mintaqaviy pahta terminali" MCHJ ga qarashli omborhonada yuz bergan. Yong‘in natijasida 1500 kv m maydon zarar ko‘rgan.
Yong‘in qutqaruv jangovor bo‘limlari manzilga soat 18:45 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 21:23 da to‘liq bartaraf etilgan. Omborhonaning 2100 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Yong‘in joyiga 9 ta mahsus yong‘in o‘chirish tehnikalari jalb qilingan. Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!