Toshkentda niqob taqqan bosqinchilar fuqaroni qo`rqitib, 8300 AQSh dollarini oldi

Toshkentda bosqinchilik yuz berdi. Yunusobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, 27 oktyabr kuni soat 21.45 da ikki nafar noma`lum shaxslar niqob va qo`lqoplar taqib hamda pichoqlar bilan qurollanib, 42 yoshli Muzaffar T. va 27 yoshli Dilmurod R.lar bo`lgan ustaxonaga kirishdi.

G`arazgo`ylar Dilmurodni bir necha bor urib, qo`rqitib, undan 8.300 AQSh dollarini olishgan.

Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164 moddasi 3 qismi («Bosqinchilik») bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Ko`rilgan choralar davomida gumonlanuvchilar aniqlanib, 38 yoshli Isroil A. va muqaddam sudlangan 39 yoshli Rahmatilla S.lar qo`lga olindilar. Tergov davom etmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring