Toshkentda "Mercedes" hamda "Nexia" o`zaro to`qnashdi. Haydovchi og`ir tan jarohati oldi

Bugun 15 dekabr kuni soat 20:40larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko`chasida joylashgan "Qanotchi" kafesi qarshisida YTH sodir bo`ldi. Uda 1989 yilda tug`ilgan M.A. boshqaruvidagi "Mercedes G 63 AMG" rusumli hamda 1981 yilda tug`ilgan R.A. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobillar o`zaro to`qnashgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

To`qnashuv natijasida "Neksiya" rusumli avtomobil haydovchisi, 39 yoshli R.A. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring