Toshkentda ko‘chaga niqobsiz chiqqan 773 kishi jazoga tortildi

Avvalroq, IIV matbuot xizmati aholiga murojaat bilan chiqib, endilikda karantin qoidalarini mensimaslik jiddiy choralarga sabab bo‘lishini aytib o‘tgan edi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 18-aprel kuni 773 kishiga nisbatan jamoat joylarida niqobsiz yurganligi uchun bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 

Shuningdek, o‘rnatilgan cheklovlar haqida ogohlantirish yuzasidan tuzilgan bayonnomalar soni 818 tani tashkil etadi. 

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, 18-aprel sanasidan boshlab O‘zbekistonda karantin qoidalari kuchaytirildi.  

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring