Toshkentda IIB xodimining ayollar tomonidan kaltaklangani aytilgan holatga aniqlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanida IIB xodimini kaltaklashib, formasini yirtib tashlashdi, izohli video tarqaldi. Mazkur tarqalayotgan xabarlar bo`yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma`lum qildi. 

2020 yil 30 dekabr kuni taxminan soat 01.00 da Aviasozlar massivida 22 yoshli Viktoriya K. va 24 yoshli Marina K.lar spirtli ichimlik ta`siri ostida bo`la turib atrofdagilarni bezovta qilganliklari haqidagi ma`lumot Yashnobod tumani 1-son IIB xodimlariga etib borgan. Voqea joyiga profilaktika katta inspektori inspektorlari – mayor A. Norqulov va profilaktika inspektori leytenant Sh. Allanazarovlar etib borishgan. Tartibsizlikni bas qilish to`g`risidagi talablarni mensimagan qizlar ichki ishlar bo`limiga olib borilganlar. Mazkur fakt asosida Viktoriya K. va Marina K.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shu bilan birga ma`lum qilamizki, mazkur xabarlarga biriktirilgan ichki ishlar xodimining yirtilgan formasining suratining ushbu hodisaga aloqasi yo`q, deyiladi xabarda. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring