Toshkentda hujralarda bolalarni kaltaklab, diniy ta’lim berayotganlar ushlandi

Toshkent shahrida yashirin ravishda, hujralarda diniy ta’lim berayotganlar qo‘lga olindi. Huquq-tartibot idoralarining Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirida 3 nafar fuqaro o‘z xonadonlarida hujralar tashkil etib, yosh bolalarga diniy saboq berayotgani aniqlangan. Bu haqda “Yoshlar” telekanalidagi lavhada so‘z bordi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Aniqlangan hujralarda jami 32 nafar bola diniy saboq olayotgani aniqlangan. Hujralar tashkil etilgan xonadonlar ko‘zdan kechirilganda, u yerdan yog‘och kaltak, pichoq, pnevmotik qurol topilgan. Shuningdek, hujralar egalarining qo‘l telefonlarida diniy ekstremistik oqimlar va terrorchi tashkilotlarning g‘oyaviy rahbarlarining jihodga chorlovchi audio, videomateriallari borligi aniqlangan.

Hujralarning birida 17 nafar, ikkinchisida 11 nafar, uchinchisida esa 4 nafar voyaga yetmagan bola diniy saboq olayotgan bo‘lgan. Noqonuniy diniy ta’lim vaqtida bolalar kaltaklanib, muntazam ravishda och qoldirish orqali jazolangan. 

Реклама на Unews

Hozirda mazkur hujralarni tashkil qilganlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish masalasi ko‘rilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 16-12-2020 Mahmood

    Diniy talimni maktabda oqitish kerak shunda hujralarga borib qolmaydi. Diniy talimga extiyojimiz katta

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish