Toshkentda erkak 17 yashar qizga tegajonlik qilishga urindi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi yosh qizga nisbatan tegajonlik qilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Mazkur holat bo`yicha Poytaxt IIB munosabat bildirdi.

 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 17 may kuni soat 14:00 atrofida Yunusobod tumanida 17 yoshli K. M. uyiga qaytayotganida erkak kishi orqasidan kelayotganini payqab qolgan. K. M. qadamini tezlatgan va uyi yulagiga yugurib kirgan, erkak xam uning orqasidan kirgan. Qiz baqirib yuborgan, shundan so`ng erkak noma`lum tomonga qochib ketgan.

Реклама на Unews

 

"Hozirda mazkur fakt yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, natijalari bo`yicha qonuniy chora ko`riladi",-deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring