Toshkentda dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritgan bir guruh fuqarolar ushlandi

Toshkentda dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritgan bir guruh fuqarolar ushlandi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Departamentning Bo`stonliq tuman bo`limi hamda DBQning viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tadbirda, fuqaro M.K. va boshqalar pandemiya sharoitida talab yuqori bo`lgan dori vositalarini dorixona va ularning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko`zlab, jami 460 quti “SARS-COV-2 lgM/lgC” nomli tibbiy buyumlarni 30 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Реклама на Unews

Xuddi shunday, Departamentning Chinoz tuman bo`limi, DXX hamda DBQning viloyat boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.Sh. va boshqalar oldindan til biriktirib, 175 quti “Remdesivir for Injection 100 mg/Vial” nomli dori vositalarini jami 7875 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent tuman bo`limi hamda DBQning viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A. 8 300 dona “Nikozon-S” nomli dori vositasini jami 120 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda..

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring