Toshkentda ayolni 30 ming dollarga tug‘ruqxonalarning biriga rahbar qilib qo‘yishni va’da qilgan mutasaddi qo‘lga olindi

Toshkentda ayolni 30 ming dollarga tug‘ruqxonalarning biriga rahbar qilib qo‘yishni va’da qilgan mutasaddi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar qildi,  deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahri Bektemir tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari pora bilan qo‘lga tushgan. Rahbar M.A. o‘zining yuqori martabada ishlovchi tanishlari orqali Sh.A.ning turmush o‘rtog‘ini poytaxtda joylashgan tug‘ruqxonalarning biriga rahbar qilib qo‘yishni va’da qilgan. M.A. buning evaziga 30 ming dollar so‘ragan. U aytilgan pullarning 10 ming dollarini olayotganda esa qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan JKning turli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring