BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Toshkentda 5ta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi (video)

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati Toshkent shahrining Darxon mavzesida 5ta avtomobil YTHga uchragani haqida tarqalgan videolavha yuzasidan ma’lumot berdi, deb yozmoqda  "Zamin.uz" nashri.  

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 iyun kuni soat 18:30larda, ayni transport vositalari serqatnov bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasida, haydovchi Sh.A. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli transport vositasida oraliq masofani saqlamasdan harakatlanib o‘zidan oldindagi haydovchi B.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasining orqasiga borib urilgan.

“Lasetti” zarb oqibatida o‘zidan oldindagi haydovchi S.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli transport vositasiga, “Matiz” esa zarb oqibatida o‘zidan oldindagi haydovchi Z.B. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli transport vositasiga urilgan.


Shuningdek, haydovchi Sh.A. keskin tormoz bergan vaqtida ortidan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi J.O. “Neksiya-3” rusumli transport vositasining chap oldi tomoni bilan Sh.A. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli transport vositasi orqasiga kelib urilgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur YTH Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari tomonidan tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
“Barcha haydovchilardan yo‘llarda belgilangan oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma’lumotda.


 

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Buxoroda karantin davrida yashirin saboq olgan 23 nafar o`quvchi koronavirusga test topshirdi va uy karantiniga olindi Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ikki nafar o`qituvchi karantin paytida 23 nafar o`quvchiga yashirin tarzda tahsil bergani aniqlandi. Bu haqda daryo  Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashish bo`yicha tuzilgan shtab mas`ullari xabariga tayanib yozmoqda. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda. Mazkur holat tuman huquq-tartibot idoralari hamda viloyat davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat boshqarmasi tuman bo`limi inspektorlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda ma`lum bo`lgan. Viloyatning Shofirkon tumani «qizil» hudud toifasiga kiritilganiga qaramasdan 48 yoshli Q.A. shu tumanning «Chandir» qishlog`ida yashovchi 45 yoshli M.F.ning yashash manzilida karantin qoidalarini buzib, noqonuniy tarzda o`quvchilarni to`plagan holda dars mashg`ulotlarini o`tkazgan. Tadbir davomida M.F.ning xonadoni ko`zdan kechirilganda, o`quv darsliklar, test varaqalari hamda boshqa o`quv qurollari mavjudligi aniqlangan. «Oliy ma`lumotli bo`lsa-da, hech qaerda ishlamaydigan bu fuqarolar karantin qoidalarini buzgan holda tibbiy vositalar bilan himoyalanmagan o`quvchilarga fanlardan test tarqatib, uyga vazifa bergan holda ularni tarqatib yubormoqchi bo`lishganini aytdi. Yoshlarga ta`lim berish yaxshi, biroq «qizil» hudud hisoblangan manzilda koronavirusga qarshi jiddiy kurash ketayotgan bir paytda bu fuqarolarning xatti-harakatlari qonunga zid ekanligini unutmasligimiz lozim», — deydi huquq-tartibot idorasi vakili. O`quvchilarga dars o`tib kelgan fuqarolarga huquq va burchlari tushuntirilgan. 23 nafar o`quvchi esa uy karantiniga olingan. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring