BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Toshkentda 41 qavatli Mall of Tashkent quriladi (video)

Toshkentning Yakkasaroy tumanida, Bobur hamda Muqimiy ko‘chalari kesishmasida yangi, zamonaviy biznes majmuasi va savdo markazi quriladi. Bu haqda Piramit Global qurilish kompaniyasi direktori Dilnoza Kamilova xabar qildi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Loyiha 2020 yil sentyabr oyida Turkiya va Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda boshlanadi, 2022 yilning oxirgi choragida yakunlanadi.

41 qavatli "Mall of Tashkent & Business Center"ning 14 qavati ko‘ngilochar-savdo markazi, 37 qavati biznes markazi bo‘ladi. Shuningdek, yer osti 3 qavat avtoturargoh bo‘ladi.

Binoning yer ustidagi balandligi 191 metr bo‘ladi. 

Loyiha qiymati 90 mln AQSh dollaridir.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Restoran, kafe, umumiy ovqatlanish shoxobchalari ishlashiga ruxsat berildimi? Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga muvofiq 2020 yilning 5 iyunidan boshlab “sariq” hududlardagi mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob’yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haquda "Sof.uz" nashri xabar bermoqda. 2020 yil 15 iyunidan boshlab esa “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda. Shu bilan bir qatorda, umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi: banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik; faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish; stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash; bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish; xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi; har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalanishi zarur. Undan tashqari, karantin sharoitida umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.  Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring