Toshkentda 20 yoshli tovlamachi qiz qo‘lga tushdi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tovlamachilikda gumonlanuvchi qizni qo‘lga olishdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Oktyabr oyining boshida 18 yoshli Dilfuza O. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, undan 300 AQSh dollarini tovlamachilik qilib olmoqchi bo‘lgan 20 yoshli Umidaxon A.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.

Umidaxon Dilfuzani shaxsiy ma’lumotlarini tarqatish bilan qo‘rqitgan. 19-oktyabr kuni soat 18:00 da Umidaxon pul olish vaqtida jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Реклама на Unews

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 165-moddasi («Tovlamachilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring