Toshkent viloyatida xizmat qilayotgan 20 yoshli askar vafot etdi. Holat bo`yicha tekshiruv boshlandi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.

Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni Qarshi shahrida yashagan yigitning jasadi uyiga kelgan. U Toshkent viloyatida muddatli harbiy xizmatni o`tagan. Marhum M.I. 2022 yilning may oyida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan. Yigitning otasi uning borishiga norozi bo`lgan, ammo yigit armiyaga borish orzusi borligini aytib, xizmatga ketgan. 

Marhumning yaqinlari yigit xizmatda urib o`ldirilgan bo`lishi mumkinligini aytmoqda. Uning onasiga avvaliga o`g`li o`z joniga qasd qilgani, keyin esa ehtiyotsizlik oqibatida vafot etgani haqida aytishgan. Hodisa haqida "Millar" dasturida xabar berilgach, ayni paytda holat yuzasidan Bosh prokuratura va Mudofaa vazirligi tomonidan munosabat bildirildi. 

Реклама на Unews

 "Holat yuzasidan Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda. Natijalari haqida xabar qilinadi", - deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida. 

Shuningdek:

"Holat yuzasidan Qurolli Kuchlar Sud tibbiy ekspertiza markazi mutaxassislari tomonidan tibbiy ekspertiza o`tkazilgan hamda Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda. Tekshirish natijasi haqida qo`shimcha axborot taqdim etiladi", - deyilgan Mudofaa vazirligi matbuot xizmati munosabatida. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring