Toshkent viloyatida 2 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashagan 60 yoshli bemor G.S.da (ayol)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, Bekobod shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan,  deb yozmoqda "Sof.uz " nashri.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, gepatoz, surunkali pankreatit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Реклама на Unews

Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 67 yoshli bemor E.A. (erkak)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangandan so‘ng bir necha kun davomida tana harorati ko‘tarilganligi, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga yotqizilgan.

Unga ham “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir yurak qon-tomir, nafas va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Реклама на Unews

Har ikki bemor o‘tkir yurak qon-tomir, nafas va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring