«Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘liga shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizildi

Jizzaxda xalqaro ahamiyatga ega «Toshkent-Termiz» M-39 avtomobil yo‘lining 953 hamda 948 km.ga shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Mazkur shovqin chiqaruvchi chiziqlar nimasi bilan ahamiyatli, qanday vazifani bajaradi degan savollar tug‘ilishi tabiiy. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, transport vositasi ushbu chiziqdan o‘tayotganda shinalarning ishqalanishi natijasida chiqayotgan ovoz haydovchining xushyorligini oshiradi.

Bu esa uzoq masofaga harakatlanayotgan haydovchilarning rulda uxlab qolishlarining oldini olish va ularni sergak holda harakatlanishiga, turli noxush yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi, deyiladi xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring