Toshkent shahrida yana 200 kishidan koronavirus aniqlandi

2020 yil 25 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 392 (+211) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 200 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

  •  Bugun ayni paytga qadar: 
  • - Toshkent shahrida 271 nafar, 
  • - Toshkent viloyatida 81 nafar, 
  • - Qashqadaryo viloyatida 35 nafar, 
  • - Surxondaryo viloyatida 19 nafar, 
  • - Andijon viloyatida 12 nafar, 
  • - Navoiy viloyatida 10 nafar, 
  • - Samarqand viloyatida 6 nafar  
  • - Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 50 879 (+438) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 064 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring