Toshkent kunini nishonlash taklif etildi

Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari 17 avgustga yaqin yakshanba kunini Shahar kuni deb hisoblashni va uni har yili keng nishonlashni taklif etdideb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

«17 avgust – Toshkentning poytaxt sifatida tavallud kuni. Shahar kunini belgilash haqida gap-so‘zlar anchadan beri yuradi – Toshkent hanuz o‘z bayramiga ega emas», — deyiladi kengash xabarida.

Bayramni 17 avgustga yaqin yakshanba kundan boshlab har yili keng nishonlash taklif etildi. Ta’kidlanishicha, taklif etilayotgan sana qator sabablarga ko‘ra optimal va bayram tadbirlari o‘tkazilishi uchun qulay hisoblanadi.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston poytaxti 90 yil oldin, 1930 yil 17 avgustda Samarqanddan Toshkentga o‘tkazilgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring