Toshkent – Kiev aviaqatnovi tiklanmoqda

26 sentyabrdan boshlab, «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Kiev – Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlarni tiklamoqda. 

Rejaga muvofiq qatnov haftada bir marta – yakshanba kunlari amalga oshiriladi, deya xabar berilmoqda.

Ma`lum bo`lishicha, Toshkent – Kiev yo`nalishida aviachipta 2 234 655 so`mdan (bagajsiz) va 2 575 535 so`mdan (bagajni hisobga olgan holda), Toshkent – Kiev – Toshkent yo`nalishidagi aviachiptalar esa 4 205 223 so`mdan (bagajsiz) va 4 836 482 so`mdan (bagajni hisobga olgan holda) boshlanadi.

Реклама на Unews

"Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3% chegirma bilan,Uzbekistan Airways Sale sfilialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin", deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring