Toshkent hokimligi tashkilot rahbarlaridan xodimlarga ishdan vaqtliroq javob berishlarini so`ramoqda

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga murojaat bilan chiqdi.

"Bugun,  25 yanvar kuni shahrimizda kuzatilgan elektr ta`minotidagi uzilishlar natijasida Toshkent metropoliteni o`z faoliyatini qisqa muddatga to`xtatdi, shuningdek, shahar ko`chalaridagi svetoforlar ishida nosozliklar kuzatilmoqda.

Ma`lumot o`rnida: hozirda yuqoridagi nosozliklarni bartaraf etishga barcha kuchlar safarbar etilgan. Poytaxt hokimligi huzuridagi Vaziyatlar markazida tunu-kun ishlaydigan maxsus tezkor shtab faoliyati yo`lga qo`yildi.

Реклама на Unews

Shu sababli, bir vaqtning o`zida katta tirbandlikning oldini olish maqsadida, korxonangizda faoliyat yuritayotgan xodimlarga 15:30 dan keyin jadval asosida javob berishingizni tavsiya qilamiz.

Shahrimiz aholisi va mehmonlaridan vujudga kelgan vaziyat uchun uzr so`raymiz va vaziyatni to`g`ri qabul qilishingizdan umid qilamiz", - deyiladi xabarda.

 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring