Toshkent hokimligi aholini ogohlantirdi

Bugun, 13 may kuni poytaxt Toshkentda havo o‘zgarib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kuchli shamol ko‘tarilishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +16...+18 daraja, kunduzi +18...+20 daraja bo‘ladi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisiga ogohlantirish bilan chiqdi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, bunday ob-havo sharoiti daraxt va ularning shoxlarini sinishi, mustahkam o‘rnatilmagan turli konstruksiyalarning joyidan qo‘zg‘alishiga, shikastlanishiga sabab bo‘lib, uning ostida va yaqinida turgan insonlar va avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin.

“Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishingizni, kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasligingizni, uyda qolishingizni  so‘raymiz.

Реклама на Unews

O‘zingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang”, deya ogohlantirgan hokimlik.

Ma’lumot uchun, poytaxtda nafaqat bugun, balki ertaga, 24 mayda ham shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilyapti. Ertangi ob-havo ma’lumotlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring