Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar beshligiga kirdi

The Economist nashri dunyoning yashash eng arzon va eng qimmat bo‘lgan shaharlari ro‘yxatini e’lon qildi. Unda Toshkent shahri eng arzon shaharlar ro‘yxatida Damashqdan keyingi oxirgi o‘rinni egallagan, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Worldwide Cost of Living (butun dunyo bo‘ylab yashash qiymati) bu har ikki yilda bir marta The Economist Intelligence Unit tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqot bo‘lib, dunyodagi 130 dan ortiq shaharlarda 138 ta mahsulot va xizmatlar bo‘yicha 400 dan ortiq individual narxlarni taqqoslaydi va mijozlar so‘rovlariga binoan moslashtirilgan shahar ro‘yxatini yaratish imkoniyatini beradi.

Unga ko‘ra, eng qimmat shaharlar beshtaligi:

Реклама на Unews

  1. Syurix (Shveysariya)
  2. Parij (Fransiya)
  3. Gongkong (Xitoy)
  4. Singapur (Singapur)
  5. Tel-Aviv (Isroil)

Eng arzon shaharlar beshtaligi:

  1. Damashq (Suriya)
  2. Toshkent (O‘zbekiston)
  3. Lusaka (Zambiya)
  4. Karakas (Venesuela)
  5. Almata (Qozog‘iston)

«Koronavirus pandemiyasi sababli oziq ta’minoti zanjirida yuzaga kelgan muammolar, hukumat harakatlari, daromadlarning pasayishi va turmush tarzining o‘zgarishi bu yilgi narxlar pasayishining asosiy sabablari bo‘ldi», — deyiladi nashr izohida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring