Toshkent-Andijon-Toshkent poezdlari harakatiga o`zgartirish kiritildi, endilikda...

Toshkent-Andijon-Toshkent yo`nalishida harakatlanib kelayotgan 92/91-sonli hamda 94/93-sonli yo`lovchi poezdlari harakatida o`zgarish bo`lmoqda. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Axborot xizmati xabar berdi.  

Ma`lum qilinishicha, bugungi kungacha Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanib kelayotgan mazkur poezdlar, 2020 yil 26 noyabrdan boshlab, Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzalidan harakatlanishni boshlaydi. Harakat jadvalida esa o`zgarishlar bo`lmaydi. 

IZOH: Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring