To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati yana uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq OTMlarda to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati yana uzaytirildi.

«2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilandi», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinishi ma’lum qilingan.

Реклама на Unews

 

Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yilida davlat OTMlarda to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lashning oxirgi muddati 10-dekabr etib belgilangan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring