“Tolibon” yangi taqiqlar joriy qildi

“Tolibon” Afg‘onistonda hukumatni qo‘lga kiritganiga 100 kun to‘lishi arafasida tartib-qoidalarini yanada qat’iylashtirdi. O‘zining sakkiz banddan iborat yangi yo‘riqnomasini e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Afg‘onistonda “Tolibon” hukumati joriy qilgan yangi qoidalarga ko‘ra, ayollarning teledasturlarda ishtirok etishi taqiqlandi. Ayol jurnalistlar va boshlovchilarga ham ekranda ro‘mol o‘rash buyurilgan, garchi qanday o‘ranish ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham.

Afg‘oniston telekanallari uchun e’lon qilingan “Tolibon”ning so‘nggi yo‘riqnomalari sakkizta yangi qoidani o‘z ichiga oladi. Jumladan, shariat (yoki islom) tamoyillari va afg‘on qadriyatlariga zid deb topilgan filmlarni, shuningdek erkaklarning intim a’zolari tasvirini ko‘rish taqiqlanadi.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, dinni kamsituvchi yoki afg‘onlar uchun haqoratomuz deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan komediya va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar ham taqiqlangan.

“Tolibon” chet el madaniy qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi xorijiy filmlar efirga uzatilmasligini talab qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Afg‘oniston telekanallarida asosan ayol bosh qahramonlar ishtirokidagi xorijiy dramalar namoyish etiladi.

Реклама на Unews

Mamlakatda jurnalistlar vakili bo‘lgan tashkilot a’zosi Xo‘jatulloh Mujaddeyning aytishicha, yangi cheklovlar e’lon qilinishi kutilmagan bo‘lgan.

Uning ma’lum qilishicha, ayrim qoidalar amalda qo‘llanmayapti, agarda ularga amal qilinsa, teleradiokompaniyalar yopilishga majbur bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, Tolibonning qizlar va yosh ayollarni maktabdan chetlashtirish haqidagi qarori Afg‘onistonni dunyo aholisining yarmini ta’lim olishini taqiqlagan yagona davlatga aylantirgan edi.

Orada Qobul shahar hokimi ham ayol xodimalarining ishga chiqishlarini man etgan. Erkaklar eplay olmaydigan vazifa bo‘lgan taqdirdagina, ishlay olishlari mumkinligini aytgan.

“Tolibon” muvaqqat hukumati har ikki cheklovning vaqtinchalik ekani, faqat xotin-qizlarning xavfsizliklarini ta’minlash maqsadini ko‘zda tutganligini da’vo qilib keladi.

Jurnalistlar yangi qoidalarning ayrimlari mavhum ekani va turlicha talqin etilishi mumkinligini aytishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, harakat Afg‘onistonni ilk bor egallagan 90-yillar boshlarida mamlakatda o‘zining talqinidagi Shariatni o‘rnatgan, xotin-qizlarning ishlash va ta’lim olishlarini butkul ma’n etgan. Ularning barchasini birdek o‘ranishga majbur qilgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring