«Tolibon» yana ayrim narsalarni taqiqladi

«Tolibon» harakati Afg‘onistonning Juzjon viloyatida qimor, mahr, qo‘shiq va giyohvand moddalarni taqiqladi. Bu haqda «Sputnik Afg‘oniston» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qaror mahalliy hukumat tomonidan tasdiqlangan boshqa amallarni targ‘ib qilish uchun ulamolar, xatiblar, oqsoqollar va yoshlar vakillari bilan kelishilgan holda qabul qilingan. Mahalliy bo‘lim boshlig‘i Mavlaviy Xolidning aytishicha, qaror aholining islomiy masalalar bo‘yicha bilimini oshirishga xizmat qiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring