«Tolibon» Termiz o‘qqa tutilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

«Tolibon» Afg‘oniston hududidan Termizning o‘qqa tutilgani haqidagi xabarni rad etdi. Bu haqda mamlakatning TIV rasmiy vakili Abdul-Qahar Balxiy ma’lum qilgan.

Tolibon* TIV matbuot kotibi Abdul-Qahar Balxiy harakat nomidan O‘zbekiston Termiz shahri Afg‘oniston hududidan o‘qqa tutilgani haqidagi xabarlar - mish-mishlardan boshqa narsa emasligi, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi.

 

Tolibon hukumati hech kimga chegara xavfsizligini buzishga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.

Реклама на Unews

 

Eslatib o‘tamiz, ayrim Telegram-kanallar tomonidan Termiz atrofida O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston hududidan raketalar bilan o‘qqa tutilgani to‘g‘risida tarqatilgan xabarlarni respublika prezidenti matbuot xizmati va mudofaa vazirligi tomonidan rad etildi.

«O‘zbekiston-Afg‘oniston davlat chegarasi O‘zbekiston harbiylari tomonidan to‘liq nazorat qilinib, barqaror vaziyat ta’minlanmoqda.

Fuqarolarimizdan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklari va rasmiy manbalarga tayanishlarini so‘rab qolamiz», — deyilgan Mudofaa vazirligi bayonotida.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring