“Tolibon” Amudaryo bo`yida katta kanal qurmoqda

“Tolibon” Amudaryoning Balx qismida Qo`shtepa kanalini qurmoqda, kanal suvining Afg`oniston shimolidagi hududlarga yo`naltirilishi Turkmaniston va O`zbekistonnning ayrim viloyatlarida suv taqchilligiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Khaama Press xabar berdi.

 

Loyiha 2022 yili ishga tushirilgan bo`lib, kanal uzunligi 285 kilometrni tashkil qiladi. U Amudaryoning Balx viloyati qismidan boshlanib, Juzjon orqali Faryobda tugaydi. Loyiha uch bosqichdan iborat bo`lib, birinchi bosqich 108 kilometrni tashkil etadi va u 2024 yil davomida amalga oshirilishi kutilmoqda. 177 kilometrni tashkil etuvchi ikkinchi va uchinchi bosqich esa besh yil ichida yakunlanishi kerak.

Mutasaddilarning ma`lumotiga ko`ra, sug`orish tizimi 550 ming gektar suv yig`ish maydoniga ega bo`ladi. Kanal soniyasiga 650 kub metr suv o`tkazadi va mamlakatning uchta viloyatini: Balx, Juzjon va Faryobni qamrab oladi. Oxirgi ikki viloyat Turkmaniston bilan chegaradoshdir. “Tolibon” loyihada 5500 ga yaqin odam kecha-kunduz ishlayotgani va 3300 dan ortiq burg`ilash texnikasidan foydalanayotganini ma`lum qilgan.

Реклама на Unews

 

Afg`oniston milliy taraqqiyot kompaniyasi nazorati ostida 200 dan ortiq mahalliy kompaniyalar subpudratchi sifatida ishlamoqda. “Tolibon” 108 kilometr uzunlikdagi loyihaning birinchi bosqichini o`z daromadlari hisobidan amalga oshirmoqda. Birinchi bosqichning qiymati taxminan 91 million dollarni tashkil etadi. Keyingi ikki bosqich Afg`onistondagi konlardan birini sotishdan tushgan mablag` hisobiga amalga oshiriladi.

Qo`shni davlatlar, jumladan, Turkmaniston va O`zbekiston mazkur kanal ularga ayrim viloyatlarni suv bilan ta`minlashda muammo tug`dirishidan xavotirda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring