Tojikistonda O‘zbekiston tomonidan qurilgan maktab foydalanishga topshirildi (foto)

Tojikistonning So‘g‘d viloyatidagi Spitamen tumanida O‘zbekiston tomonidan beg‘araz qurilib, jihozlangan zamonaviy maktab 27-sentabr kuni foydalanishga topshirildi, deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Реклама на Unews

“Daryo” muxbiri Madina Nurmanning xabar berishicha, ushbu ta’lim maskanining ochilish marosimida O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Tojikiston ta’lim sohasi mutasaddilari, o‘qituvchi va o‘quvchilar, OAV hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Foto: “Daryo”

Реклама на Unews

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, mazkur umumta’lim maktabi O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonli hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” hamda hukumatning tegishli farmoyishiga binoan bunyod etildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

630 o‘ringa mo‘ljallangan maktab o‘quv jarayonlarini samarali tashkillashtirish,  fizika, kimyo, astronomiya, biologiya va chizmachilik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni  o‘tkazish, o‘g‘il bolalarni metall va yog‘ochga ishlov berish, qizlarni esa uy-ro‘zg‘or ishlari, pazandachilik, hunar va chevarchilik san’atini o‘rgatish ko‘zda tutilgan maxsus loyiha asosida qurildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Muassasada sifatli ta’lim olish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, yopiq sport zali, ochiq stadion, 224 o‘rinli oshxona va zamonaviy kutubxona to‘liq jihozlangan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning aytishicha, ushbu maktabda o‘zbek va tojik tillaridan tashqari, ingliz tilining o‘qitilishiga ham alohida ahamiyat qaratiladi.

Foto: “Daryo”

“Davlatimiz rahbari dastlabki faoliyatidanoq tashqi siyosatda ustuvor yo‘nalish sifatida qo‘shni davlatlar bilan aloqani yaxshilash harakatlarini boshlagan edi. Shu maqsad yo‘lida barcha qo‘shni mamlakatlar, jumladan, Tojikiston bilan ham aloqalar kuchaytirildi. So‘nggi yillarda chegaralar ochilib, iqtisodiy va madaniy hamkorlik yanada mustahkamlandi. So‘g‘dliklarga sovg‘a sifatida tuhfa etilgan mazkur maktab ham yaqin hamkorlikning navbatdagi amaliy natijasidir.

Foto: “Daryo”

Maktab bilan tanishish vaqtida o‘quvchilarni ko‘rib juda xursand bo‘ldim. Ularning bir qancha tillarda ravon so‘zlashishidan ko‘nglim ko‘tarildi. Kelajakda mazkur bilim maskanidan ham dunyoga mashhur shaxslarning yetishib chiqishini niyat qilamiz”, — dedi Sherzod Shermatov.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring