«TikTok»da maqtanilgan video IIBB xodimlari «nazariga tushdi»

TikTok ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari foydalanuvchilardan birining videosiga e’tibor qaratishdi. Video muallifi do‘stlariga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardachani «namoyish» qilgan, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, mazkur «Lacetti» rusumli avtomobilning (davlat raqami 01 J 703 VA) turar joyi va haydovchisi – poytaxtda yashovchi 36 yoshli Saidbek A. ekanligi aniqlandi. Tekshiruv davomida davlat raqamidagi pardachadan tashqari yorituvchi moslamalardan foydalanish qoidalari ham buzilganligi qayd etildi.

Ikki nafar xolislar ishtirokida o‘rnatilgan moslamalar yechildi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylandi, haydovchiga nisbatan ma’muriy jarima belgilandi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring