The Economist` tuzgan "Rossiyaning do`stlari" indeksidan O`zbekiston ham joy oldi

O`zbekiston The Economist jurnalining Rossiyaning geosiyosiy ittifoqdoshlari indeksiga kiritilib, 12 davlat ichida oxirgi o`rinni egalladi. Nashr ro`yxatni tuzishda mamlakatlarning diplomatik, harbiy, shuningdek, energetika va iqtisodiy aloqalarini tahlil qilgan.

 

 

Britaniyaning The Economist jurnali Rossiya Federasiyasi bilan yaqin munosabatlarni saqlab turgan Rossiyaning geosiyosiy ittifoqchilari indeksini tuzdi. O`zbekiston unda so`nggi 12 o`rinni egallagan.

Реклама на Unews

 

Jurnalda qayd etilishicha,  Rossiyaning Ukrainaga keng ko`lamli harbiy bosqinining bir yilligidan bir kun oldin 39 davlat BMTning Rossiya harakatlarini qoralovchi rezolyusiyasini qo`llab-quvvatlashdan bosh tortgan. AQSh va uning ittifoqchilari sanksiyalar kiritganiga qaramay, “Rossiya iqtisodiyoti va savdosi hayratlanarli darajada yaxshi holatda”, — deyiladi material mualliflari.

Ta`kidlanishicha, OAV va tahlil markazlari G`arb Rossiyani yakkalab qo`ya olmaganini yoki ko`plab rivojlanayotgan mamlakatlarni o`z tomoniga o`tkaza olmaganidan nolimoqda.

Indeksda Rossiyaning qo`llab-quvvatlashi yoki majburlash imkoniyatining uchta toifadagi 11 ta ko`rsatkichi hisobga olingan.

Реклама на Unews

Diplomatik. Mamlakat BMTning asosiy rezolyusiyalarida Rossiyaga qarshi ovoz berdimi, betaraf qoldimi yoki Rossiyani qo`llab-quvvatladimi?

Harbiy. Mamlakatning Rossiya bilan rasmiy hamkorlik shartnomasi bormi? Mamlakatda rus qo`shinlari yoki yollanma harbiylar bormi? Urush boshlanganidan keyin u Rossiyaga qurol etkazib berganmi? Bu davlat Rossiya qurollariga bog`liqmi? Urush boshlanganidan beri Rossiya bilan qo`shma harbiy mashg`ulotlar o`tkazdimi?

Energiya va iqtisodiy. Mamlakat Rossiya gaziga, atom elektr stansiyalariga yoki yadro texnologiyasiga bog`liqmi? Rossiyaning ulushi umumiy savdoning 10% dan oshadimi? Urush boshlanganidan beri Rossiyaga eksport oshdimi?

Nashrning qayd etishicha, indeks “har bir davlatning diplomatik pozisiyasining nuanslarini aks ettirmaydi, u faqat davlatlar Rossiyaga nisbatan o`z pozisiyasini qanday tanlashi va ular majburlashda zaif bo`lishi mumkinligi haqida umumiy baho beradi.

Ro`yxatdagi eng yuqori indeks ballarini olgan mamlakatlarning yarmi Armaniston, Belarus, Eron, Qirg`iziston, Tojikiston va Qozog`iston  siyosat, tarix va geografiyaga asosan Rossiya bilan bog`langan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring