Tezkor xabar! Toshkentda shifoxonaga pichoqlangan holda keltirilgan 25 yoshli yigit vafot etdi

5 iyun kuni soat 00.10 da Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 25 yoshli Ivan A. sanchilgan-kesilgan jarohatlar bilan shifoxonaga tushganligi haqida xabar kelib tushdi. Yigit olgan jarohatlari sababli tez orada hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Hodisa tafsilotlari o`rganilishi davomida jinoyat qidiruv xizmati xodimlari aniqlashlaricha, 4 iyun kuni taxminan soat 23.30 da Ivan A. tanishi 35 yoshli Zokir N. bilan birga mast holatda bo`la turib, 18 yoshli S.X va 17 yoshli I.Yu. va A.V.lar bilan janjallashib qolishgan. Janjal vaqtida I.Yu. Ivanning ko`krak qismiga buklama pichoq bilan urgan. 

Mazkur fakt asosida Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97 moddasi (“Qasddan odam o`ldirish”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi va dastlabki tergov uchun Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yo`naltirildi.

Реклама на Unews

Shu kunning o`zida – 5 iyun kuni I.Yu. o`z xohishiga ko`ra Yashnobod tumani IIO FMBga o`z aybiga iqror bo`lib keldi va himoyachisi ishtirokida so`roq qilindi. 6 iyun kuni I.Yu.ga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97 moddasi 1 qismida (“Qasddan odam o`ldirish”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun ayblov taqdim etildi. Yashnobod tumani jinoiy ishlar bo`yicha sudi I.B.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo`lladi. Tergov davom etmoqda, deyiladi tezkor xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring