Tezkor: Toshkent shahriga kirishga kimlarga nisbatan cheklovlar bo`lmasligi belgilandi

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 28 iyunidan  12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qo`shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o`ta zarurat bo`lmagan hollarda kirish bo`yicha cheklovlar o`rnatildi

SSV Axborot xizmati xabariga ko`ra, ushbu cheklov quyidagi holatlarga tatbiq etilmasligi belgilandi:

- Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro`yxatdan o`tgan) shaxslarga;

Реклама на Unews

- Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro`yxatdan o`tgan) chet el fuqarolariga;

- davolanish uchun tashrif buyurayotgan shaxslarga;

- Toshkent shahrida doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hududlardan keluvchi shaxslarga (ish joyi to`g`risida tasdiqlovchi hujjat bo`lgan taqdirda);

Реклама на Unews

- Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga uchib ketuvchi shaxslarga (aviachipta bo`lgan taqdirda);

- O`zbekiston Respublikasiga turist bo`lib kelgan chet el fuqarolariga va ularni olib kelayotgan avtotransport vositasining haydovchisi hamda agar guruhli jamoa bo`lsa, tarjimon yoki turistik firma vakiliga;

- barcha turdagi yuk tashish, shuningdek, qurilish materiallari (qum, shag`al va boshqalar) bilan bog`liq hollarga, etishtirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini har qanday avtotransport vositalarida hamda “O`zbekiston pochtasi” AJning pochta jo`natmalarini tashish bilan bog`liq hollarga;

- sog`liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga.

Sog`liqni saqlash vazirligi mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining keyingi to`lqini yuzaga kelishini oldini olish maqsadida aholidan belgilangan sanitariya-epidemiologik talablarga rioya etishlari va vaksinasiya tadbirlarida faol qatnashishlarini so`rab qoladi.

Mavzuga doir:

28 iyundan Toshkentga kirishga cheklov qo`yilmoqda

Restoran, kafe va ko`ngilochar maskanlarning ish soati belgilab berildi, shuningdek...

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring