Tezkor! Sirdaryoda piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Sirdaryoda piyodani urib ketib, voqea joyidan qochib ketgan noma’lum avtomashina haydovchisi qidirilmoqda. Piyoda shifoxonada vafot etgan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.

"2020 yil 26 oktyabr kuni soat 20:15 larda Mirzobod tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘li 122 km Yangiyer-Toshkent yo‘nalishida noma’lum avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 1991 yilda tug‘ilgan piyoda P.A.ni urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan. Piyoda P.A. shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Реклама на Unews

Yuqoridagilarni inobatga olib fuqarolarimizdan holat yuzasidan biror ma’lumotga ega bo‘lsalar Sirdaryo viloyati IIB YHXBga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz. 

+998 67 227-2020
+998 67 227-3293

Befarqlik — bu ichki dushmanimizdir!", - deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring